Toshkentda yana bir xalqaro universitet ochiladi

Hindistondagi “Amity University” xususiy universiteti rektori Atul Chauxan boshchiligidagi delegatsiya 17-19-noyabr kunlari tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi. 
 
Tashrif doirasida mamlakatimizda “Amity University” universiteti filialini tashkil etish masalalari yuzasidan muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Mehmonlar Toshkent shahridagi Inxa hamda Vestminster universitetlarida boʻlib, mazkur oliy taʼlim dargohlarida yaratilgan sharoit, yurtimizda taʼlim tizimini isloh qilish borasidagi intilishlarning ijobiy samaralari bilan yaqindan tanishadi.
Hindiston delegatsiyasi aʼzolari, shuningdek, 19-noyabr kuni poytaxtimizda boʻlib oʻtadigan Turizm sohasidagi birinchi xalqaro investitsiyaviy forumda ham ishtirok etadi.

 

Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA