“Ipoteka-bank” boshqaruviga rais tayinlandi

Hukumat qarori bilan Shuhrat Xaldarovich Atabayev “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki boshqaruvining raisi etib tayinlandi. 
Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.
Sh. Atabayev bunga qadar Markaziy bank raisi oʻrinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.

 

OʻzA