Naqshbandiya ulamolari mamlakatimiz boʻylab sayohatda

Malayziya, Bangladesh, Xitoy, Fransiya va shu kabi davlatlardan “Jahon soʻfiylik markazi” dasturiga koʻra, Naqshbandiya tariqatining 200 ga yaqin ulamolari mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati maʼlumotlariga koʻra, mehmonlar poytaxtimizdagi Hazrati Imom majmuasidagi masjid va Usmon musʼhafi, Buxoro va Samarqand viloyatidagi muqaddas majmualarga ziyorat safarlarini uyushtirdi. Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti ushbu ziyorat safariga amaliy koʻmak beryapti.

Ayni paytda ziyoratchilarning sayohatlari davom etmoqda.

photo5431447799397984753.jpg

 

Gulnoza Boboyeva, OʻzA