Malakali mutaxassislar uchun tanlov!

“Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tizim tashkiloti “Gidroproyekt” aksiyadorlik jamiyatiga quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha tanlov eʼlon qiladi:

Gidrotexnik — gidrotexnika inshootlari va meliorativ tizim qurilmalari va ularni texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari, Bosh boshqaruv, statik va dinamik hisoblar, smetani tushunish va tuzish, Lira SAPR, OTKOS, SLP dasturlarida ishlash, suv xoʻjaligi qonunchiligi asoslarini bilish, atrof muhit muhofazasi, sanitariya va boshqa organlar talablarini va geodeziya, gidrotexnika va gidravlika asoslarini bilish. (3-5 yildan kam boʻlmasligi lozim).

Gidromexanik — metall qurilmalarni loyihalash tajribasi, gidromexanik qism, gidromexanik uskunalar, nazariy va amaliy mexanika, gidrotexnika va gidravlika asoslarini bilish, smetani tushunish va tuzish. (3-5 yildan kam boʻlmasligi lozim).

Avtomatik tizim boshqaruvi mutaxassisi — texnik iqtisodiy asoslar va Ishchi hujjatlarni ilash doirasida Loyiha smeta hujjatlarini ishlash chiqish tajribasi; elektrotexnik hisob kitoblar, rele himoyalari tizimi, yorugʻlik texnikasi boʻyicha hisoblar, smetani tushunish va tuzish, gidroinshootlar, gidrokuch uskunalar, issiqlik texnikasi asoslari, avtomatik tizim boshqaruvi (3-5 yildan kam boʻlmasligi lozim).

Rele himoyasi va avtomatika himoyasi mutaxassisi — texnik iqtisodiy asoslar va Ishchi hujjatlarni ilash doirasida Loyiha smeta hujjatlarini ishlash chiqish tajribasi; elektrotexnik hisob kitoblar, rele himoyalari tizimi, radiotexnika asoslari, telemexanika, elektronika va elektr sxemalari, avtomatik tizim boshqaruvini bilish (3-5 yildan kam boʻlmasligi lozim).

Avtomatlashtirish boʻyicha mutaxassis — texnik iqtisodiy asoslar va Ishchi hujjatlarni ilash doirasida Loyiha smeta hujjatlarini ishlash chiqish tajribasi; elektrotexnik hisob kitoblar, rele himoyalari tizimi, smetani tushunish va tuzish, gidroinshootlar, gidrokuch uskunalar, issiqlik texnikasi asoslari, elektronika va elektr sxemalari, avtomatik tizim boshqaruvi (3-5 yildan kam boʻlmasligi lozim).

Yoritish tizimi mutaxassisi — texnik iqtisodiy asoslar va Ishchi hujjatlarni ilash doirasida Loyiha smeta hujjatlarini ishlash chiqish tajribasi; elektrotexnik hisob kitoblar, rele himoyalari tizimi, yorugʻlik texnikasi boʻyicha hisoblar, smetani tushunish va tuzish (3-5 yildan kam boʻlmasligi lozim).

Energetik — energiya qurilmalarida ishlash jarayonini tashkil etish, energiya jihozlari bilan ishlash, energiya tejovchi qurilmalarni taʼmirlash, sozlash va sozlash usullari kabi ishlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlishi lozim. (3-5 yildan kam boʻlmasligi lozim).

Iqtisodchi — texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni, obyektlarni loyihalash, qurish va ulardan foydalanish uchun uslubiy va meʼyoriy materiallarni loyihalash va oʻtkazish usullari, loyiha-smeta hujjatlarini loyihalashtirish va bajarish boʻyicha standartlariga ega boʻlishi lozim. (3-5 yildan kam boʻlmasligi lozim)

Konstruktor — chizmalar va boshqa loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va loyihalash uchun standartlar, uslublar va koʻrsatmalar; temir-beton konstruksiyalarni statik va dinamik hisoblar; ishlab chiqarish texnologiyasi, loyihalashtirilgan konstruksiyalarni oʻrnatish va texnik foydalanish tajribasiga ega boʻlishi lozim. (3-5 yildan kam boʻlmasligi lozim).

Arxitektor — qurilish va maʼmuriy binolarning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini ishlab chiqish va loyihalashni ishlab chiqishni, obyektlarni qurish va ulardan foydalanish standartlarini loyihalashtirish ishlarini mukammal egallagan boʻlishi lozim. (3-5 yildan kam boʻlmasligi lozim).

Murojaat uchun telefon: +998(71) 253 14 65

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi 20-uy.

Moʻljal: “Tojmahal” restorani

Faks: (998-71) 254-67-09

E-mail: gidep@inbox.uz