“Toshkent-Mumbay” yoʻnalishida ilk parvoz amalga oshirildi

Bugun, 2018 yil 2 noyabr kuni “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasining samolyoti Mumbay shahri aeroportiga qoʻndi. Bu “Toshkent-Mumbay” yoʻnalishidagi HY427-reysning ilk parvozidir.
Toshkentdan borgan birinchi yoʻlovchilar Mumbayda tantanali kutib olindi. Unda Hindiston aviakompaniyasining vakillari, Mumbay aeroporti rahbarlari ishtirok etdi.
“Mumbay-Toshkent” yoʻnalishidagi HY428-reysda yoʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish bayramona boʻldi. Har bir yoʻlovchiga gullar va hind shirinliklari taqdim etildi.
Toshkent va Mumbay shaharlarini bogʻlovchi toʻgʻridan-toʻgʻri reys haftasiga uch marta: seshanba, chorshanba va juma kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

 

M.Roʻziboyeva, OʻzA