“Sheremetovo” havo bandargohidan koʻtarilgan Rossiya Federatsiyasining “Aeroflot” milliy aviakompaniyaga qarashli “Boing-737” samolyoti 4 soat 5 daqiqadan soʻng 1 noyabr,tongga yaqin ilk bor “Buxoro” xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi. Oʻz ichiga 155 yoʻlovchini olgan havo layneri tantanali kutib olindi.
– Samolyotimiz “Buxoro” xalqaro aeroportiga muvaffaqiyatli qoʻndi, – deydi “Boing -737” bortprovodnigi Andrey Majorov.– Aeroportingiz ekipaj aʼzolariga juda yoqdi. Bu yerda barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan. “Buxoro” xalqaro aeroportining bir necha yildan buyon “Aeroport” xalqaro fuqaro asotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazilayotgan “Yilning eng yaxshi aeroporti” tanlovida oʻz toifasida gʻolib chiqib kelayotgani bejiz emas ekan.
Yangi aviaqatnovning yoʻlga qoʻyilishi AQSH vaЕvropaning turli shaharlaridan Buxoroga kelayotgan sayyohlar soni koʻpayib borayotgani bilan bogʻliq. Ular Moskvadan toʻgʻridan-toʻgʻri qadimiy shaharga kelish uchun“Aeroflot” imkoniyatidan foydalanadi.Ayni paytda Buxorodan Rossiya poytaxtiga boradiganyoʻlovchilar, jumladan, ishbilarmon doira vakillari uchun ham mazkur aviakompaniyaninghaftaning payshanba va yakshanba kunlari xizmat koʻrsatadigan “Boing-737” havo laynerlari qulay.
Yana bir yangilik. Buxoroda “Aeroflot” aviakompaniyasining mamlakatimizdagi vakolatxonasi filiali ham ochildi. Bu xizmat ofisi “Buxoro” aeroportida yoʻlovchi chiptava yuklarini u yoʻl oladigan Yevropa mamlakatlari yoki Amerika Qoʻshma Shtatlari tegishli shaharlarigacha rasmiylashtirilishini taʼminlaydi. Shu tariqa, yoʻlovchi Moskvaga borgach, chiptada koʻrsatilgan manzil uchun hujjatlarni qayta rasmiylashtirishiga hojat qolmaydi.