Poytaxtimizning “Wyndham” mehmonxonasida ilk bor oʻtkazilgan seminarda atom energiyasining afzalliklari toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilish masalalari boʻyicha soʻz yuritildi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 19-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni mamlakatimizda tabiiy resurslarni asrab-avaylash va ulardan oqilona foydalanib, mavjud imkoniyatlar asosida ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarish yoʻlida muhim qadam boʻldi.
“Oʻzatom” agentligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi oʻrtasida imzolangan anglashuv memorandumi ham bu ishlarning mantiqiy davomi boʻlib, unda jamoatchilik orasida atom energetikasi boʻyicha batafsil maʼlumotlar berish va bu borada ijobiy fikrni shakllantirish masalasiga katta ahamiyat qaratilgan. Ayniqsa, bunda ommaviy axborot vositalari vakillarining atom energetikasi va yadro texnologiyalari borasidagi tushunchalarini oshirish maqsadida ular uchun seminar, oʻquv kurslarini uyushtirish, yadro-energetika texnologiyalari va boshqa qator sohalarga bagʻishlangan xalqaro anjuman va koʻrgazmalar tashkil etishga keng oʻrin beriladi.
Poytaxtimizning “Wyndham” mehmonxonasida ilk bor oʻtkazilgan seminar ham shu hujjat ijrosi doirasida boʻlib, unda atom energiyasining afzalliklari toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilish masalalari boʻyicha soʻz yuritildi.
“Oʻzatom” agentligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirdaRossiya atom jamiyatining taʼlim boʻyicha maslahatchisi, “Ilm quvvati” atom energiyasi axborot markazi tarmogʻining maʼrifat boʻyicha loyiha mutaxassisi Andrey Akatov, “Strana Rosatom” gazetasi bosh muharriri Yuliya Gileva va boshqalar atom energetikasining mamlakat iqtisodiyotidagi oʻrni, uning afzalliklari hamda bu borada ommaviy axborot vositalari vakillarining oʻrni va ularning mavzuga qanday yondashish kerakligi haqida atroflicha maʼlumot berdi.
Seminar doirasida “Murakkab mavzularni oddiy va tushunarli tilda yozish” mavzusida mahorat darsi ham tashkil etildi.