Mutlaq janglar chempionati UFC prezidenti Deyna Uayt Habib Nurmagomedov va Floyd Meyvezer oʻrtasidagi jang boks qoidalari asosida emas, aralash jang qoidalariga koʻra oʻtkazilishi lozimligini taʼkidladi.
TMZ Sports maʼlumotida aytilishicha, Uayt, “Agar Meyvezer istasa, marhamat kelsin va bizning qoidalarimizga koʻra jang qilsin. Biz u bilan boksga tushmaymiz”, degan. Uningcha, ilgari boks qoidalariga koʻra ham jang boʻlgan, lekin endi haqiqiy jang boʻlishi kerak. Maʼlumot uchun, Meyvezer va Nurmagomedov bir-biri bilan jang qilishga rozilik bergan.
OʻzA