Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 oktyabr kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, kechqurun qorga aylanishi mumkin.
Gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 6-8 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi, kechqurun yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan 25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi, kechqurun yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan 25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi, kechqurun yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan 25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.
Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda kuchli yogʻingarchilik boʻladi (yomgʻir, qor). Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin.Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.
OʻzA