Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun anʼanaviy “Tashabbus” koʻrik-tanlovining Nukusda shahar bosqichida 100 ga yaqin tadbirkor va hunarmand ishtirok etdi.
Tanlov doirasida tadbirkor va hunarmandlar ishlab chiqargan sanoat va isteʼmol tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari koʻrgazmasi tashkil etildi.
“Nukus Yevro stroy” MCHJ rahbari Azod Shimbergenov, “AYIM TOUR” MCHJ rahbari Ayjamol Taoʻipaldiyeva, “Oralbay Nukus” oilaviy korxonasi rahbari Pamir Serjanovva hunarmand Gumisay Rametullayeva gʻolib boʻldi.
Gʻoliblar tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ishtirok etadi.
Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA