Bugun poytaxtimizdagi “Yoshlar press-klubi”da “Yoshlar tarbiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan qisqa metrajli filmlar va videroliklar” tanlovining gʻoliblari bilan tanishing:
1-oʻringa Shokir Xoliqovning “Choy”,
2-oʻringa Sherzod Toʻychiyevning “Saboq”,
3-oʻringa Mars Orinbosarovning “Ustoz” filmlari loyiq koʻrildi.
Qolaversa, ijtimoiy roliklar yoʻnalishida Nurmuhammedov Ravshanning “Yosh tadbirkor”,
Jumagʻulov Nurmuxammedning “Kelajak egasining iltimosi” asarlari munosib koʻrildi.
Ssenariylar yoʻnalishida esa:
1-oʻringa Muhammadxon Yusupovning “Oʻzbekoy”,
2-oʻringa Otabek Yuldashevning “Kichkina”,
3-oʻringa Azizbek Qurbonovning “Muallim” nomli ijodiy ishlari loyiq koʻrildi.
Gʻoliblarga Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining diplom va qimmatbaho sovgʻalari taqdim etildi.
![photo5282828114046593371.jpg photo5282828114046593371.jpg](http://uza.uz/upload/medialibrary/0ee/photo5282828114046593371.jpg)
![photo5283185051598694731.jpg photo5283185051598694731.jpg](http://uza.uz/upload/medialibrary/bb8/photo5283185051598694731.jpg)