Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida 4 kun davom etgan “Katta adron kollayderida oʻtkazilayotgan fizik tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya oʻz ishini yakunladi.
Yadro fizikasi instituti – Respublikada va Markaziy Osiyodagi eng yirik ilmiy-tekshirish maskani boʻlib, unda yadro fizikasi, elementar zarralar fizikasi, qattiq jismlar radiatsiyaviy fizikasi va materialshunoslik, aktivatsion tahlil, radiokimyo ilmiy asbobsozlik sohalarida yuqori saviyada fundamental va amaliy izlanishlar olib boriladi.

Konferensiyada Katta adron kollayderida oʻtkazilayotgan fizikaviy tadqiqotlar natijalari va ularning istiqboli, takomillashtirilgan Katta adron kollayderida fizikaviy tadqiqotlar istiqbollari hamda uzoq kelajakka moʻljallangan CMS qayd qilish detektori modernizatsiyasining II fazasi kabi masalalari koʻrib chiqildi.
Konferensiya plenar majlislarida dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yetakchi olimlarning maʼruzalari tinglandi.
OʻzA