Professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan oʻzbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev bugun AQSHda oʻzining toʻrtinchi jangini oʻtkazdi.
Ahmadaliyev ushbu bellashuvda chililik Ramon Kontrerasga qarshi jang qildi. 10 raundga moʻljallangan jangning birinchi raundidayoq hamyurtimiz raqibini nokautga uchratdi va muddatidan avval chempionlikni qoʻlga kiritdi.
Ushbu gʻalaba orqali Murodjon WBA InterContinental kamari sohibiga aylandi.
Maʼlumot uchun, Ahmadaliyev bungacha uch bor ringga chiqib, ularning barchasida gʻalaba qozongandi. Bugungi jang toʻrtinchisi boʻldi. Janglarining ikkitasida u raqiblarini muddatidan oldin magʻlubiyatga uchratgan.
Eslatib oʻtamiz, Murodjon Ahmadaliyev Olimpiada va jahon chempionati sovrindori sanaladi.
O’zA