Facebook kompaniyasi 4 millionga yaqin tarmoq foydalanuvchilarini tarmoqdan notoʻgʻri foydalanishi natijasida shaxsiy maʻlumotlarini begona shaxslar tomonidan oʻzlashtirilishi mumkinligi yuzasidan ogohlantirdi.
Kompaniya masʻul shaxslarining bergan maʻlumotlariga koʻra, tarmoqning My Personality (Shaxsiy maʻlumotlarim) boʻlimi 2012-yildan qonuniy jihatdan bekor qilingan. Foydalanuvchilar oʻz maʻlumotlarini aynan ushbu boʻlim orqali tarmoq foydalanuvchilariga uzatishi hamda tarmoqda faol boʻlgan savol-javob usulida inson faoliyati va imkoniyatlarini belgilaydigan dasturlardan foydalanishi orqali shaxsiy maʻlumotlarini begona shaxslar tomonidan noqonuniy oʻzlashtirilishiga sabab boʻlgan, deb xabar bermoqda Sky News cayti.
Z.Mirzaboyeva, OʻzA