Poytaxtimizda “Ozarbayjon – O‘zbekiston: Ipak yo‘li yoshlar iqlim forumi” bo‘lib o‘tdi.

Forumda ikkala davlatdan 200 nafarga yaqin yosh, ekspertlar va maxsus vakillar ishtirok etdi.

Unda yoshlarning ekologik madaniyatini shakllantirish va iqlim o‘zgarishlariga oid bir qancha muhim mavzular yuzasidan muhokamalar olib borildi. Iqlim o‘zgarishiga moslashish va iqlim o‘zgarishining zamonaviy tahdidlari kabi mavzular muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, bugungi kunda O‘zbekistonda Ozarbayjon kapitali ishtirokidagi 236 ta korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Oxirgi 5 yil ichida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3 barobarga oshdi. Joriy yil boshidan buyon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi yana 20 foizga oshganini ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, Ozarbayjon bilan foydali qazilmalarni o‘zlashtirish va qayta ishlash, jumladan, qurilish materiallari ishlab chiqarish masalalari ham rejalashtirilmoqda.

Gulnoza Boboyeva, Rustam Nazarmatov (surat), O‘zA