Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida stol tennisi bo‘yicha davom etayotgan “WTT Youth Contender” turnirida yana ikki nafar sportchimiz sovrindorlar qatoridan joy egalladi.

Xalqaro turnirning U-15 yosh toifasidagi mikst dasturida qatnashgan Arujan Kamalova hamda Timurbek Nurmonov yakkalik bellashuvlarda 3-o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, xalqaro turnirning ilk kunida mahoratli tennischimiz Adelina Hasanova U-13 yosh toifasida kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA