FOTOREPORTAJ

Toshkentda qilichbozlik sporti (sablya, shpaga, rapira) bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslariga start berildi.

Dasturga ko‘ra, musobaqa joriy yilning 16-21 oktyabr kunlari poytaxtimizdagi «Paxtakor» zalida bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaning ilk kuni sablyachi qilichbozlar yakkalik bahslarida kuch sinashdi, unda 80 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.

Sablya yo‘nalishidagi qilichbozlar o‘rtasida qoraqalpog‘istonlik sportchi Nursulton Kenesboyev birinchi o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, qizlar orasida jizzaxlik sportchi Sevara G‘aniyeva eng kuchli ekanligini namoyish etib, oltin medal va kubok sohibasi bo‘ldi.

Musobaqa 21 oktyabrga qadar davom etadi.

Muhammad AMIN(surat),O‘zA