Bugun O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Rossiya Federatsiyasining Energetika vaziri Sergey Sivilyov o‘rtasida hamkorlik ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot chog‘ida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi har tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada kuchaytirish, yoqilg‘i-energetika kompleksiga investitsiyalarni jalb qilish hamda yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish singari bir qator muhim masalalar muhokamasiga e’tibor qaratdi.
Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida qulay shart-sharoitlarni yaratish va zamonaviy texnologiyalarni o‘zaro ayirboshlash yuzasidan ham so‘z yuritildi. Unda mamlakatlar o‘rtasida energetika aloqalarini izchil mustahkamlash borasida takliflar bildirildi.
Uchrashuv yakunida qayd etilganidek, mazkur muloqot ikki mamlakatning energetika sohasidagi hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
N.Ziyodullayeva, O‘zA