Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani hokimligi tashabbusi bilan Buxoro viloyati hokimligi homiyligida 10 ta nikoh va 15 ta sunnat to‘yi o‘tkazildi.
Tadbirda Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari B.Ahmedov, Xo‘jayli tumani hokimi J.Yermashov yig‘ilganlarni mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami, yosh oilalarni hamda bolajonlarni unutilmas kun bilan qutladi.
Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Keksalarga hurmat, yordam ko‘rsatish va ko‘makka muhtoj kishilarni qo‘llab-quvvatlash, bemorlarning dardiga darmon bo‘lish xalqimizga xos savobli amallardan hisoblanadi.
Tadbirda yangi hayotga qadam tashlayotgan yosh oilalarga va sunnat to‘ylari o‘tkazilayotgan bolajonlarga homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. San’at ustalari ijrosidagi konsert dasturi tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.