FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi Yoshlar markazida “Saylov va yoshlar” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda respublikadagi beshta siyosiy partiya kengashlarining mas’ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoshidagi Yoshlar parlamenti a’zolari va tashabbuskor yigit-qizlar ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizda joriy yilning 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini yuqori saviyada o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jarayonda har bir siyosiy partiyaning o‘rni va o‘z oldiga qo‘ygan muhim vazifalari, ular tomonidan taqdim etilayotgan saylovoldi dasturlar, shuningdek, yoshlarning saylovda ishtirok etish huquqlari  to‘g‘risida keng ma’lumot berildi.

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA