Fransiyada o‘tayotgan «Parij-2024» yozgi Paralimpiya o‘yinlarining erkaklar va ayollar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga batterflyay usulda suzish bahslarining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ayollar o‘rtasidagi bahslarda Muslima Odilova 1:05.43 natija qayd etdi hamda bronza medali bilan taqdirlandi. Ushbu yo‘nalishda yana bir vakilimiz Shohsanam Toshpo‘latova marraga sakkizinchi bo‘lib yetib keldi. Erkaklar o‘rtasidagi mazkur masofadagi bellashuvlarda hamyurtlarimiz Muzaffar Tursunxo‘jayev 5, Kirill Pankov esa 6-bo‘lib marraga yetib keldi.
Shu tariqa, Paralimpiya o‘yinlarining ilk kunida delegatsiyamiz hisobiga bitta bronza medali qo‘shildi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA