Bugungi kunda xorijda mehnat qilib qaytgan yoshlarimizning ko‘pchiligi oilasi bag‘rida, o‘z yerida dehqonchilik bilan shug‘ullanmoqda. Ayniqsa, ular yetishtirgan hosillarini bozorda emas, balki dalaning o‘zidayoq savdoga chiqarib, daromad topmoqda.
Xususan, Amudaryo suvi va yosh mirishkorning peshona teridan yetilgan qovun-tarvuzlar daromadga kirdi.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumani Xizir eli mahallasida istiqomat qiluvchi Barchinoy Ahmadovaning so‘zlariga ko‘ra, u bir kunda 1 tonna tarvuz sotgan paytlari ham bo‘lgan.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 5 apreldagi «Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, ishsiz yoshlarga yer maydonlari ajratib berilayotgani ortidan nafaqat bir yoshning, balki bir oilaning bandligi va daromadi ta’minlanmoqda.
Qahramonimiz bilan tashkil etilgan intervyuning to‘liq shaklini O‘zAning You Tube sahifasida ko‘rishingiz mumkin.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA