Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasida qo‘mita raisi Iqboljon Ergashev, Xitoyning “Seres Textiles Company Ltd” hamda “Baise Huanong Ruize Sericulture Co., Ltd.” korxonalari vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda 4 yo‘nalish, jumladan, ipak qurtini intensiv boqish, ipak qurtini boqish jarayonida foydalaniladigan dori vositalarini ishlab chiqish, tut mevasidan sharbatlar ishlab chiqarish va tut plantatsiyalarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv so‘nggida kelgusida qilinadigan ishlar ketma-ketligi belgilab olindi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA