Parijdagi «Stad de Frans» stadionida XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Teatrlashtirilgan bu marosim «Rekordlar» nomi ostida o‘tkazildi. Unda dunyo davlatlarining sport jamoalari o‘z bayroqlari bilan maydonda saf tortdi. Tadbirni stadionda bevosita 70 ming nafar tomoshabin kuzatib bordi.

«Parij-2024» yopilish marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori vazifasini taekvondo WT bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Ulug‘bek Rashitov bajardi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA