“Parij-2024” yozgi Olimpiya o‘yinlarining taekvondo WT bo‘yicha vazni 68 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.
Musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final bahsida hamyurtimiz Ulug‘bek Rashitov va Zayid Karim (Iordaniya) o‘zaro raqobatlashdi.
Keskin va murosasiz bahslar ostida o‘tgan mazkur to‘qnashuvda taekvondochimiz zafar quchdi.
Bu natija esa Ulug‘bek Rashitovga XXXIII Olimpiya o‘yinlarining oltin medalini keltirdi.
Shuningdek, u mamlakatimiz taekvondo WT tarixida ilk marotaba ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan sportchiga aylandi.
Shu tariqa, O‘zbekiston sport delegatsiyasining jamg‘armasidagi medallar soni 2 ta oltin va 2 bronzaga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA