FOTOREPORTAJ

Nukus shahrida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan «Eng yosh ma’naviyatchi – 2024» tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi. Unda shahar va tumanlar bosqichida g‘olib bo‘lgan 17 nafar yosh mutaxassis o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.

Tanlov ta’lim muassasalari, idora va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan ma’naviyatchi xodimlarning tajriba hamda malakasini oshirish uchun imkoniyat yaratish, shuningdek, ularning kitobxonlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada oshirish maqsadiga qaratilgan.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Xo‘jayli tumanining «Jayxun» qishloq fuqarolar yig‘inining yoshlar yetakchisi Botir Umarov birinchi, Qorao‘zak tumanidagi 9-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Dilnoza Xalqnazarova ikkinchi, Kegeyli tumanidagi 14-umumta’lim maktabining ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Aziza Odilxonova uchinchi o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA