Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi. Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tizimli tashkil etish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarida 2024 yil 1 avgustdan boshlab energetika menejmenti tizimi xalqaro standarti (ІЅO 50001) amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasida “Energetika menejmenti tizimlari (foydalanish bo‘yicha ko‘rsatma va talablar)” (ІЅO 50001) standartini joriy etish bo‘yicha Oʻz DSt ISO 50001:2018 O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti tasdiqlandi.

N.Ziyodullayeva,  

O‘zA