Shvetsiyaning Sollentuna shahrida yengil atletika bo‘yicha “Folksam GP Sollentuna” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Atletimiz musobaqaning uzunlikka sakrash dasturida 7,80 metr natija bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Ushbu yo‘nalishda Lazar Anich (Serbiya) ikkinchi, Ugo Olsson (Shvetsiya) esa uchinchi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Anvar Anvarov o‘tgan oyda Kiprda o‘tgan “Cyprus International Athletics Meeting” turnirida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA