“Uzbekistan Airports” sportchilarimiz rekord natija ko‘rsatgani haqida xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, shu yilning 15 may kuni Toshkent xalqaro aeroportida olti nafar o‘zbekistonlik sportchi 13 tonnalik samolyotni tortgan.
Ginnesning rekordlar kitobi komissari Mbali Masechaba Nkosi xonim ishtirokida O‘zbekiston bodibilding va fitnes federatsiyasi jamoasi og‘irligi 13500 kg. bo‘lgan “Silk Avia” aviakompaniyasining ATR 72-600 samolyotini 100 metr masofaga 46,7 soniyada tortib borishga erishdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, rekord birinchi urinishdayoq o‘rnatildi. Dastlabki mashg‘ulotlar davomida sportchilar turli natijalarni qayd etgan bo‘lsa, 15 may kuni ko‘rsatilgan 46,7 soniya eng yaxshisi bo‘ldi.
O‘zA