6.jpg
 
27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan poytaxtimizda velomarafon o‘tkazildi.
O‘zbekiston Velosport federatsiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan bu galgi velomarafon boshqa musobaqalardan o‘zgacha farq qildi. Noan’anaviy tarzda o‘tkazilgan musobaqaga mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan OAV jurnalistlari bevosita musobaqa ishtirokchisi sifatida taklif etildilar.
O‘zlarinig kasb bayramlari arafasida tashkil etilgan ushbu velomarafonda 20 dan ziyod ommaviy axborot vositalarining 40 nafarga yaqin jurnalistlari o‘z mahoratlarini ko‘rsatdilar.
Jurnalistlar o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur musobaqa ikki bosqichda bo‘lib o‘tdi. Dastlab xotin-qizlar 4 km. masofaga bellashgan bo‘lsalar, erkaklar esa 6 km. masofaga o‘zaro kuch sinashdilar.
Velomarafonda ayollar o‘rtasida 1- va 2-o‘rinni “Sport” teleradio kanali xodimlari Lobar Saidova va Charos G‘ayratova egallashgan bo‘lsa, shohsupaning 3-pog‘onasi “Uzreport TV” telekanali xodimi Aziza Rozmurodovaga nasib qildi.
Erkaklar bahsida esa 1-o‘rinni qalampir.uz sayti xodimi Okan Karayas qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2- va 3-o‘rinlarni Shahboz Sharopov hamda Ayyubxon Zinnurov (qalampir.uz) egalladilar.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.

 

Nazokat Rajabova, O‘zA