FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy hududida joylashgan Taxtako‘pir tumanida tomorqadan muhim daromad manbai sifatida foydalanayotgan omilkorlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Tuman markazida yashovchi nafaqadagi nuroniy Maxsetboy Shalaboyev ulardan biri.
Maxsetboy og‘a hokim yordamchisining amaliy ko‘magi bilan tomorqasidagi 1,5 sotix yer maydonida issiqxona tashkil qilib, erta bahor va kuz oylarida pomidor, bodring, piyoz, rediska, ko‘kat kabi mahsulotlar yetishtirishni yo‘lga qo‘ydi. Issiqxonada ekinlarni tomchilatib sug‘orish usulidan foydalanilmoqda.
Tomorqaning ochiq maydonlarida mavsumiy sabzavot va poliz ekinlari yetishtiriladi. Parvarishdagi mevali daraxtlardan har yili mo‘l hosil olinadi. Shuningdek, tomorqa yer egasi o‘tgan yili bankning imtiyozli krediti hisobidan 15 ta naslli qo‘y xarid qilib, chorvachilik bilan ham shug‘ullanmoqda. Hozirda qo‘ylar soni 45 taga yetkazilgan.
Maxsetboy og‘a yaqin kunlarda xonadonida inkubator yordamida jo‘ja yetishtirishni hamda kaliforniya chuvalchangi parvarishlash orqali biogumus mahsuloti tayyorlashni rejalashtirgan.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA