Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha barcha mamlakatlarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi agentligi (UNRWA)ni moliyalashtirishni ko‘paytirish, falastinlik qochqinlarga gumanitar yordam va asosiy xizmat ko‘rsatish orqali mintaqada barqarorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shishga chaqirdi. Ayni payt agentlikning mavjudligi va rolini nishonga olgan Isroil kampaniyasi tajovuzini jiddiy tashvish bilan kuzatib borayotgani qayd etildi.
Bosh kotib barchani muhim siyosiy ma’noga ega, ayniqsa Falastin masalasiga urg‘u berilgan maxsus sessiyada qabul qilingan rezolyutsiyani amalga oshirishga chaqirdi.
Saudiya Arabistoni Podshohligi taklifi va mezbonligi bilan Ar-Riyod shahrida 2023-yil 11-noyabrda bo‘lib o‘tgan favqulodda qo‘shma arab va islom sammiti qaroriga muvofiq tashkil etilgan OAV monitoringi bo‘limi faollashgani, tashkilot veb-saytida barcha materiallar e’lon qilinadigan oyna ochilganini tasdiqladi. Shuningdek, a’zo davlatlar bilan huquqiy observatoriyani faollashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirish ishi tashkil etilganini urg‘uladi.
Muharrama Pirmatova,
O‘zA