AQSH sobiq Prezidenti Donald Tramp qayta saylansa, mamlakat razvedka xizmatini isloh qilib, siyosatiga qarshi mulozimlarni lavozimidan ozod etishi mumkin, deb yozdi “Politico” nashri tegishli manbalarga tayanib.
– Tramp ikkinchi muddatidan razvedka muaasasasini isloh qilish uchun foydalanishi mumkin, bu soha misli ko‘rilmagan darajada siyosiylashuvini bildiradi, – deb yozgan nashr. – U siyosatiga qarshilarni almashtirishga urinib ko‘radi. Shu bois mulozimlar zid yoki salbiy ma’lumotdan uni chegaralashi mumkin.
Trampning mamlakat razvedka idorasi bilan aloqasi azaldan yaxshi emas. Sobiq yetakchi fikricha, razvedka uni yo‘q qilishga harakat qilib keladi.
Nashr eng kuchli zarbaga Federal qidiruv byurosi duch kelishi mumkinligini ta’kidlagan.