Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Tumanlardagi davolash o‘rinlarining 5 foizi nogironligi bo‘lganlarni reabilitatsiya qilishga ajratilishi, tuman markaziy shifoxonalarida tibbiy reabilitatsiya xonalari tashkil etilishi belgilandi.

Protez vositalari 18 turdan 30 turga, ajratilayotgan mablag‘ esa 1,5 barobar oshirilib, 100 milliard so‘mga yetkaziladi hamda ular bilan ta’minlash elektron shaklda bo‘ladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar bunday vositalarni uydan turib, vaucher orqali onlayn yoki “Inson” markazi yordamida istalgan ishlab chiqaruvchidan olishi mumkin bo‘ladi.

Mutasaddilarga nogironligi bo‘lgan shaxslarga dori vositalarini tarqatishda ham tartib o‘rnatib, shaffof tizim yaratish topshirildi.

Bu uyda o‘tirgan nogironligi bor shaxslarning harakatlanishi yengillashishiga, bilim olishi va kasbiy ko‘nikma egallashi, mehnat qilishi yoki sport bilan shug‘ullanishi uchun imkoniyat yaratilishiga xizmat qiladi. Protezlarni olish muddati qisqaradi.

O‘zA