Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda protez ishlab chiqarish 90-yillar texnologiyasiga asoslangani, ularni haqiqiy muhtojlarga yetkazib berish tizimi ham to‘g‘ri tashkil etilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘qitish, ishga joylashtirish va sportga jalb qilish bo‘yicha milliy tizim yaratiladi.
Ular ishlashi, o‘qishi va kasb-hunar o‘rganishida to‘siqsiz muhit yaratish choralari ko‘riladi.
Bunda, nogironlikni kasallikka qarab emas, balki shaxsning mustaqil harakati, o‘zini o‘zi eplashi, muloqot qobiliyati va ijtimoiy hayotdagi ishtirokiga qarab belgilash tizimiga o‘tiladi.
O‘zA