Xabar berganimizdek, joriy yilning 2-3 fevral kunlari “Devis kubogi”ning I-jahon guruhi pley-off bosqichidagi O‘zbekiston – Polsha o‘yini poytaxtimizdagi “Humo Arena” majmuasida o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan “Humo arena” majmuasiga ilk bor tennis o‘yinlari o‘tkaziladigan kortlar o‘rnatildi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz tennischilari uchun muhim uchrashuv bo‘lgan ushbu bahsda yurtimiz sharafini Denis Istomin, Humoyun Sultonov, Sergey Fomin, Maksim Shin, Amir Milushev himoya qiladi.
O‘zbekiston-Polsha raketka ustalari ishtirokidagi uchrashuvlarni “Humo Arena”da kuzatish bepul etib belgilangan.
T. Ro‘ziyev. O‘zA