An’anaga muvofiq, kelayotgan 7 iyun sanasida Rossiya rasmiy telekanallarida “Rossiya prezidenti Vladamir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa” maxsus dasturi efirga ketadi. Davlat rahbari muloqot davomida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob berib, o‘rtaga tashlangan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildiradi.
RIA Novostining yozishicha, davlat rahbari bilan bu yilgi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda Rossiya fuqarolariniasosan hududlardagi yo‘llarning holati, benzin narxining oshish sababi, pensiya islohatlari va mamlakatning 2024 yildan keyingi taqdiriga oid masalalar qiziqtiradi. Boisi, “Rossiya prezidenti Vladamir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa” doirasida tashkil etilgan maxsus saytga hozirgacha yo‘llangansavollar ichida “mamlakatning “eski tartibdagi” yangi hukumati yangiliklar qilishga qodirmi?”, “pensiya yoshini uzaytirish borasida Putinning fikri qanday?”, “benzin narxi oshishda davom etadimi?” qabilidagilari ko‘p.
“Rossiya 24” telekanalining xabar berishicha,savollar sport, sayyohlik, tadbirkorlik, sanksiyalar, qishloq xo‘jaligi, 2018 yilgi jahon chempionati, iqtisodiyot, ekologiya va hududlar kabi mavzulari bo‘yicha saralanmoqda ekan.
Malohat Husanova, O‘zA