“Kabar” axborot agentligining “Qirg‘izaeronavigatsiya” davlat korxonasi manbalariga tayanib yozishicha, mahalliy vaqt bilan soat 10:55 da “Frunze-1” aviabazasida Mi-8 harbiy vertolyoti halokatga uchragan.

Ekipaj taqdiri haqida xabar berilmayapti. Korxona vakilining ta’kidlashicha, bu haqda keyinroq ma’lum qilinadi.

Hodisaga hozircha Qirg‘iziston mudofaa vazirligi ham izoh bermayapti, deyiladi xabarda.