Zambiya tashqi ishlar vaziri Stenli Kakubo korrupsiya ayblovlari tufayli iste’foga chiqdi. Bu haqda “Lusaka vaqti” (Lusaka Times) yangiliklar portali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, vazir ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Xitoy kon kompaniyasi bilan korrupsion kelishuvga oid iddaolar ortidan Zambiya prezidenti Xakainda Xichilemaga iste’foga chiqish haqida ariza bergan. Davlat rahbari Kakuboning iste’fosini qabul qildi, deya xabar beradi Zambiya prezidenti ma’muriyati.
Ijtimoiy tarmoqning Zambiya segmentida tarqalgan videoda ulardan biri Kakubo ekanligi taxmin qilinayotgan ikki erkak banknotalarni hisoblayotgani aks etgan.
“Lusaka vaqti” qayd etganidek, Kakubo iste’foga chiqishi sabablarini keyinroq tushuntirishga va’da bergan.