O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga keldi.

“Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Leningrad viloyati va Sankt-Peterburg rahbariyati kutib oldi.

Ertaga mamlakatimiz yetakchisi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.