Qirg‘iziston Jogorku Keneshi aksariyat deputatlari davlat bayrog‘i o‘zgarishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishdayoq ma’qullashdi. Mazkur tashabbusni 66 deputat qo‘llab-quvvatladi, 8 deputat qarshi ovoz berdi.

Taklifda Qirg‘iz Respublikasi bayrog‘idagi nur shaklini to‘lqinsimondan to‘g‘riga o‘zgartirish, shuningdek chiziq sonini uchtadan to‘rttaga oshirish aks etgan.

Bayroqni o‘zgartirish loyihasi Qirg‘iziston parlamenti spikeri Nurlanbek Shakiyev va deputat Ulan Primov tomonidan tayyorlangan.

Agar qonunga kiritilajak o‘zgarish parlamentda ikkinchi va uchinchi o‘qishdan o‘tib, keyin Prezident tomonidan imzolansa, bayroq o‘zgaradi.

Davlat rahbari allaqachon bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.