BMT Bosh Assambleyasi Isroil hukumati harakatini qoralab, ketma-ket rezolyutsiyalar qabul qilib, antisemitizm xususiyatini namoyon qilmoqda. Ushbu mamlakatning BMTdagi doimiy vakolatxonasi diplomati Reut Shapir Ben-Naftali shunday ayblov aks etgan bayonot berdi.
– Assambleya yil sayin faqat Isroilni ayblab rezolyutsiya chiqaryapti, XAMAS terrorchilari jinoyati bo‘yicha esa sukut saqlamoqda, – dedi u BMT BA Falastin bo‘yicha majlisida so‘zga chiqib. – Bu ikki yoqlama standart antisemitizmning klassik ko‘rinishi. Biz BMT vakolati va jamg‘armalaridan siyosiy maqsadda foydalanishni to‘xtatish, shuningdek Isroilni qoralash kampaniyasiga barham berishga chaqiramiz.
Oktyabr oxirida Isroilning BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdan ham Bosh Assambleya Yaqin sharq bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilgandan keyin BMT qonuniylik maqomiini yo‘qotdi, deya ta’kidlab, bunga rezolyutsiyada XAMAS harakati qoralanmaganini sabab qilib ko‘rsatgan edi.