BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish jurnalistlar bilan suhbatda G‘azoda gumanitar tinish joriy etilishini insoniyat uchun zulmatda yorug‘lik – umid nuriga qiyosladi.
U Isroil va G‘azo sektori o‘rtasidagi “Kerem Shalom” nazorat-o‘tkazish maskani ochilishiga ham umid bildirdi.
Bosh kotib so‘zlariga ko‘ra, ayni voqea yetkazib berilayotgan insonparvarlik yordami hajmini oshiradi. Qayd etilishicha, o‘tish jarayoni G‘azodagi mojaro tugagandan keyin muhim ahamiyatga ega. Falastin ma’muriyati asosiy e’tiborni muammo ikki davlat tamoyili asosida hal qilinishiga qaratishi kerak. Gumanitar tinish G‘azoda kurashayotgan xalqqa ko‘proq ko‘mak yetkazish imkonini beradi.