Pekin va Xitoy shimolidagi shifoxonalar bolalar o‘rtasida nafas yo‘li kasalligi avj olishiga qarshi kurashmoqda. Mamlakat COVID-19 bilan bog‘liq qat’iy choralar yumshatilgandan keyingi ilk qishga kirib kelmoqda.

Mamlakat ommaviy axborot vositalari yozishicha, shifokorlar ko‘rigini kutish vaqti bir necha soatga cho‘zilib ketyapti. Shimoldagi yirik shaharlarda ba’zi bolalar tibbiy muassasalarida yuzlab bemorlar navbatga turishgan. Hozir kuniga o‘rtacha yetti mingdan ko‘p bemorni qabul qilish kasalxona imkoniyatiga mos emas. Tyanszindagi eng yirik pediatriya shifoxonasi o‘tgan hafta ambulatoriya va tez yordam bo‘limlariga 13 mingdan ortiq bolani qabul qilib, rekord qayd etdi.

Xitoy Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, nafas olish yo‘li kasalligi ko‘payishiga, asosan gripp va respirator sinsitial virus (RS) shuningdek, mikoplazma pnevmoniyasi, ya’ni, odatda yengil infeksiya keltirib chiqaradigan, bolalarga ta’sir qiluvchi bakterial infeksiya sabab bo‘lyapti.