Ukrainaning Dnepropetrovsk shahri hokimiyati 2022 yil fevraldan buyon nomi Rossiya bilan bog‘liq 335 ko‘cha va muyulishni qayta nomladi, deb xabar tarqatdi ushbu mamlakat “Jamoatchilik” telekanali.

Ma’lumotga ko‘ra, chorshanba kuni shahar kengashi deputatlari yana 57 ta ko‘cha, 12 ta muyulish va to‘rtta boshi berk ko‘chani qayta nomlash bo‘yicha qaror qabul qilgan.

Ukrainada sovetlar tarixi bilan bog‘liq yodgorliklarni qayta ishlash, ko‘chalarni qayta nomlash 2015 yil, dekommunizatsiya haqida qonun qabul qilingandan keyin boshlangan.