Shimoliy Koreya yil oxirigacha yadro sinovini o‘tkaza olmaydi, yangi josus yo‘ldoshini ham uchira olmaydi, biroq buni kelasi yil amalga oshirishi mumkin, deb hisoblamoqda Janubiy Koreya razvedkasi. Bu haqda razvedka bo‘yicha parlament qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, hukumatni boshqarayotgan “Fuqarolar kuchi” partiyasi vakili Yu San Bom ma’lum qildi.

“Ryonxap” agentligi deputdan quyidagi iqtibosni keltirgan:

– Davlat razvedka xizmati yettinchi yadro sinovi yaqin kunlarda o‘tkazilishiga ishora beradigan faktni qayd etgani yo‘q. 2023 yil yadro sinovini o‘tkazish ehtimoli juda past. Agar Kim Chen In qaror qilsa, 2024 yil yadro sinovi istalgan vaqtda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha yo‘ldosh uchirish haqida ham shunday deyish mumkin.