Shu kunlarda Samarqandda yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida armrestling bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.

20 ta davlatdan 1300 nafar sportchi ishtirok etayotgan qit’a chempionati   sportning ushbu turini rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida keng ommalashtirishga hissa qo‘shishi bilan ahamiyatlidir.

Musobaqalar jarayonida mamlakatimizda sport turizmini rivojlantirish maqsadida Osiyo davlatlaridan kelgan sport jamoalari qadimiy va hamisha navqiron shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishtiriladi.

Samarqanddagi ixtisoslashtirilgan sport maktabida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionati 25 noyabrga qadar davom etadi.

T. Ro‘ziyev,  

O‘zA muxbiri