Shanxay hamkorlik tashkiloti kotibiyati 23-26 noyabr kunlari Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumani markazi – Urumchi shahrida «2023 – turizm yili” anjumanini o‘tkazadi, dedi SHHT hukumat rahbarlari kengashi majlisida tashkilot bosh kotibi Chjan Min.
SHHT Samarqand sammitida 2023 yilni Turizm yili, deb e’lon qilish haqida qaror qabul qilingan.
Chjan Min SHHT davlatlari hukumat rahbarlariga ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi. «Inson kapitali SHHTning barqaror rivojlanishi uchun muhim omil bo‘lib qoladi», – deya ta’kidladi Chjan Min. U tashkilot doirasida iqtisodiy, gumanitar va boshqa yo‘nalishlarda almashinuvni faollashtirishga chaqirgan.