Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yoko Kamikava shu hafta oxirida Janubiy Koreyaga tashrif buyurib, Xitoy ishtirokida hamkasblarning uch tomonlama muzokarasida qatnashadi, deya xabar berdi “Yonhap”.

Koreya Respublikasi vazirlarning noyabr oyi oxirida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan mazkur uchrashuvi haqida hali rasmiy e’lon berganicha yo‘q.

Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy tashqi siyosat idoralari rahbarlari Park Jin, Yoko Kamikava va Van I o‘rtasidagi muzokara, ehtimol, mazkur qo‘shni davlatlar rahbarlari o‘rtasida ancha vaqt oldin to‘xtatib qo‘yilgan yillik uch tomonlama sammitni qayta tiklashga yo‘l ochadi. Bu anjuman SOVID-19 pandemiyasi va Yaponiyaning Koreya yarim orolida 1910-45 yillardagi mustamlakachilik davri majburiy mehnat qurbonlariga kompensatsiya to‘lash masalasi tufayli Seul va Tokio o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabat yomonlashuvi tufayli o‘tkazilmay kelayotgan edi.

Oxirgi marta 2019 yil dekabr oyida Xitoy janubi-g‘arbidagi Chengdu shahrida bo‘lib o‘tgan Sammitni qayta tiklash bo‘yicha muzokara Janubiy Koreya mart oyida yapon kompaniyalaridan badal so‘ramasdan, koreys qurbonlariga kompensatsiya to‘lashini aytganidan so‘ng avj oldi.

Bu qaror Seul – Tokio aloqasi keskin yaxshilaniishi, davlatlar  rahbarlari o‘zaro tashriflari qayta tiklanishiga olib keldi.

Sentyabr oyi oxirida bo‘lib o‘tgan yuqori martabali amaldorlar uchrashuvida uch tomonlama sammitni tezroq o‘tkazishga kelishib olindi.

Park va Kamikava o‘tgan hafta San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti doirasida uchrashganda ushbu majburiyatni yana bir bor tasdiqladilar.

M.Pirmatova,

O‘zA