“IRNA” xabariga ko‘ra, Eron va Turkmaniston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiyaning 17-yig‘ilishi yakunida bir necha kelishuv hujjati imzolandi.
Xususan, yo‘l qurilishi sohasida 550 million dollarlik, elektr tarmoqlari tizimini barpo etish va jihozlar o‘rnatishni nazarda tutuvchi 340 million dollarlik bitimlar kuchga kirdi.
Eron yo‘llar va shaharsozlik vaziri taklifi va Turkmaniston tomoni roziligi bilan kelasi yil noyabr oyida Tehronda qo‘shma komissiyaning 18-yig‘ilishini o‘tkazishga qaror qilindi.